Bondo haqida
Kompyuter, noutbuk va kompyuter qismlari sotamiz hamda kompyuter yig'amiz.
Nima sotamiz
Bondoda kompyuter va noutbuklar, monobloklar, monitorlar, kompyuter qismlari va aksessuarlar bor. Tayyor kompyuterlarni ham sotamiz.
Kompyuterni o'zimiz yig'amiz
Kompyuterlarni o'z ustaxonamizda yig'amiz. Qanday ish uchun kerakligini ayting — o'yin, ish yoki o'qish uchunmi — shunga qarab qismlarni birga tanlaymiz.
Buyurtma qanday ketadi
Buyurtma tasdiqlangandan keyin mahsulot 24 soat ichida jo'natishga tayyorlanadi. O'zbekistonning barcha hududlariga yuboramiz.
Kafolat
Sotgan mahsulotlarimizga 1 yil rasmiy kafolat beriladi.